Onlayn sug‘urtaga o‘tish qanday kechmoqda va ALFA INVEST nima uchun raqamlashtirish va mobillik yo‘lini tanladi?
Anderrayting va qayta sug‘urtalash departamenti direktori Renata Gareeva rebrending doirasida kompaniyaning oldida turgan vazifalari haqida hamda onlayn sug‘urtaga o‘tish qay tarzda kechayotgani haqida so‘zlab berdi.
Kompaniya top menejerlari va O‘zbekistonning etakchi kreativ agentligi jamoasi oldida kompaniya brendini hozirgi zamon vizual muhitiga, shu jumladan, raqamli tashuvchilar va onlayn sug‘urta mahsulotlari doirasida mutanosib qiyofaga ega bo‘lishi uchun yanada zamonaviylashtirish vazifasi turar edi.
Biz logotipni yangiladik, o‘qilishini engillashtirdik, ortiqcha tafsilotlardan xalos etdik, zamonaviy uslubdagi shriftlardan foydalandik, ranglar turli-turmanligini boyitdik, ayni vaqtda esa, barchaga mashhur “α” belgisini saqlab qolishga harakat qildik.
Rebrendingni esa kompaniyani raqamlashtirish va onlayn sug‘urta xizmatlarini ishga tushirish bilan bir vaqtda boshlab yubordik, lekin buni bosqichma-bosqich 2021 yil davomida amalga oshirishni rejalashtirganmiz.
Onlayn sug‘urta mahsulotlarini joriy etish qanchalar o‘rinli?
Misol uchun Germaniyada aholining har uchtadan bittasi sug‘urta shartnomasini internet orqali tuzadi, Buyuk Britaniyada esa to‘rttadan bittasi. Umuman olganda, Yevropa bo‘yicha onlayn sug‘urta xizmatlaridan aholining 40%i foydalanadi. O‘zbekistonda esa sug‘urta kompaniyalari onlayn-savdolarni endi amaliyotga tatbiq qilishga kirishmoqdalar.
O‘z navbatida, ALFA INVEST kompaniyasi pandemiya boshidanoq polislarni rasmiylashtirish uchun saytlar, chat-botlarni ishga tushirgan holda, sotuvning onlayn-kanallaridan foydalanishni faol joriy eta boshladi, delivery kompaniyalar va onlayn resurslar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi. Bu esa, biz va mijozlarimiz uchun karantin davridagi qiyinchiliklarni engillashtirdi. “Biz sug‘urta mukofotlarini boshqa kanallardan onlayn foydasiga jadal qayta taqsimlanishi davom etaverdi, pandemiya esa mana shu jarayonni tezlashtirdi xolos, degan fikrdamiz”.
Sug‘urta xizmatlari bozorining internetga ko‘chish istiqbollarini umuman olganda, qanday baholaysiz?
Bu kelajak talabi. Insonlarning aksari qismi ko‘p vaqtlarini smartfon yoki kompьyuter ekrani oldida o‘tkazmoqdalar, hattoki maishiy vazifalarini ham ya’ni, internet-do‘konlardan xarid qilish, taom etkazib berish xizmatidan foydalanish, kommunal to‘lovlarni amalga oshirish va boshqa ko‘plab ishlarni ko‘proq internet orqali bajarmoqdalar. Navbatdagi qadam – uydan chiqmagan holda, sug‘urta himoyasini sotib olish. E-polis ham qog‘oz shaklidagi sug‘urta polisidek kuchga ega, biroq uning afzal jihatlari ko‘proq.
Birinchidan, u qulay va oddiy. Mijoz biror erga borishi, sug‘urta tashkiloti ofisini izlashi yoki transport vositasini ro‘yxatdan o‘tkazayotganda bezor qiluvchi agentlarni qaytarishi kerak bo‘lmaydi. Faqatgina gadjetdan o‘zingiz uchun qulay vaqtda internetga kirish va E-polisni rasmiylashtirish talab etiladi xolos. Buning uchun tegishli ma’lumotlarni kiritish va onlayn polis uchun to‘lov tizimlari yoki bank kartasi orqali to‘lovni amalga oshirish lozim. Sug‘urta shartnomasi tuzilgani haqidagi xabarnoma va sug‘urta polisi elektron tarzda sizga yuboriladi.
Shuningdek, siz o‘zingiz uchun maqbul vaqtda sug‘urta qoidalari bilan diqqatliroq tanishib chiqishingiz va bu orqali sug‘urta kompaniyasini tanlashda nisbatan e’tiborliroq bo‘lishingiz imkoni bo‘ladi. Agar sizda biror savol tug‘ilsa, ALFA INVEST aloqa markazi mutaxassislari ularga javob beradilar va zaruriyat yuzaga kelsa, sug‘urta polisini onlayn rasmiylashtirishda sizga yordam beradilar.
Ikkinchidan, bu amaliy jihatdan juda yaxshi. Elektron polis hech qachon yo‘qolmaydi. Agar xohlasangiz, siz mana shu sug‘urta shartnomasini oddiy blankda sug‘urta kompaniyasi ofisidan olishingiz mumkin bo‘ladi.
Uchinchidan, bu ishonchli va xavfsiz. Vositachilar emas, balki ALFA INVEST sayti orqali elektron polis xarid qilsangiz, sizning sug‘urta qoplamasini haqiqiyligiga shubha qilishingizga hojat qolmaydi.
O‘zbekistonda onlayn sug‘urta bozori kelajagi haqida gapirib o‘tsangiz
2020 yilda sug‘urta bozoridagi kutilgan o‘sish sur’atlarining pasayishiga qaramay, bizning bashoratlarimiz bo‘yicha, onlayn xizmatlar yaqin bir necha yillar ichida sezilarli darajada o‘sishi ehtimoldan xoli emas. Sug‘urta kompaniyalari mijozlar uchun barcha servislarni onlaynga o‘tkazmoqdalar va buni iste’molchilar, albatta, olqishlaydilar. Onlayn sug‘urtaning qulay jihatlari uni tanlash uchun turtki bo‘ladi, degan fikrdamiz.
Bugungi kunda Moliya vazirligi qoshidagi Sug‘urta to‘lovlarini kafolatlash jamg‘armasiga majburiy sug‘urta qilish, yagona axborot tizimi doirasida elektron polislarni sotish va ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha axborot modullarini sug‘urta kompaniyalari hamda manfaatdor vazirliklar va idoralarning ma’lumotlar bazalari bilan integratsiyalashgan holda joriy qilish topshirildi. ALFA INVEST jamoasi kompaniya ichida zarur ishlarni amalga oshirdi hamda sayt va chat-botni test tartibida ishga tushirishga tayyorlamoqda, shuningdek, yaqin kunlarda o‘z mijozlarini aktsiyalar va sodiqlik dasturlari bilan xursand qilishni rejalashtirmoqda.
Bugungi kunda biz biznes yuritishning yangilangan kontseptsiyasiga rioya etgan holda, ALFA INVESTdagi barcha jarayonlarni yanada yaqinroq, soddaroq va tushunarliroq qilish orqali iste’molchilar uchun onlayn sug‘urtaning o‘ziga tortuvchanligini va sug‘urta savodxonligini oshirishga barcha kuch va harakatlarimizni qaratmoqdamiz