Логотип(UZ)

Alfa Invest: Qamashi tumanida tabiiy ofatlar xavfini sug‘urtalash bo‘yicha yangi chora-tadbirlar

O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 25-iyuldagi 03/19-2-1-2891-sonli NAPP xati talablariga muvofiq va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-son qarori ijrosi doirasida. 2019-yil 12-apreldagi 299-sonli qarori bilan 2015-2030 yillarga mo‘ljallangan Tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish bo‘yicha Senday doiraviy dasturini amalga oshirishga qaratilgan, tabiiy ofatlar xavfini sug‘urtalash bo‘yicha ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi.

Qashqadaryo viloyatidagi Alfa invest kompaniyasi mutaxassislari Qamashi tumani favqulodda vaziyatlar bo‘limi vakillari bilan birgalikda «Changak» va «Langar» qishloq fuqarolar yig‘inlari hududidagi tabiiy ofat xavfi yuqori bo‘lgan hududlariga tashrif buyurishdi.

Tashrif davomida mahalliy aholi o‘rtasida tabiiy ofat xavfidan sug‘urta qilish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borilib, tegishli sug‘urta xizmatlari ko‘rsatildi. Shahar va qishloq joylarda tabiiy ofatlarning davlat va jamiyat uchun iqtisodiy ta’sirini kamaytirishga qaratilgan ham davlat va ham xususiy investitsiyalarni moliyaviy himoya qilish mexanizmlarini kuchaytirishga alohida e’tibor qaratildi.