Yo‘l-transport hodisalari bo‘yicha haydovchilar tomonidan ichki ishlar organi xodimlarining ishtirokisiz yo‘l-transport hodisasi to‘g‘risidagi xabarnomani tuzish orqali sug‘urta tovonini olish yuzasidan xabar bеrish.
 
 
2021-yil 25-noyabr kuni  O‘zbekistonda yevroprotokol amal qila boshladi.
 
Bu degani, endi YTH ro‘y berganda, tomonlar kelishgan holda DAN xodimlarisiz ushbu hodisani rasmiylashtirib olishlari mumkin. Muhimi, har ikki tomonning  fuqarolik javobgarligining sug‘urta qilinganligidir.
 
Sug‘urta polisi xarid qilinganda beriladigan hamda sug‘urta kompaniyasi saytidan yuklab olish mumkin bo‘lgan maxsus blanklar to‘ldirilgach, YTH ishtirokchilari ularni o‘z sug‘urta kompaniyalariga olib boradilar. Shundan so‘ng sug‘urtalovchilar zarar o‘rnini to‘ldirish bo‘yicha muzokaralarni boshlaydilar.
 
Alfa Investda sug‘urta polisini rasmiylashtiring va o‘z avtomobilingiz uchun xavotirlanmang. Batafsil ma’lumot uchun qisqa raqamga qo‘ng‘iroq qiling: ☎️1182