Garovga (lizingga) qo‘yilayotgan transport vositalari (er usti transport vositalari, o‘ziyurar mashinalar)ga egalik qilish, foydalanishi va boshqaruvi bilan bog‘liq, O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan mulkiy manfaatlar sug‘urta ob’ekti sanaladi
Sug‘urta qaltisliklari:
Sug‘urtalovchi sug‘urta qilingan TV bo‘yicha sug‘urta qildiruvchiga avtotransport vositasini quyidagi xatarlar: suv toshqini, bo‘ron, dovul, jala, do‘l, juda ko‘p qor yog‘ishi, ko‘chki, sel, chaqmoq urishi, zilzila, yong‘in, portlash, olib qochish, o‘g‘rilik, bosqinchilik, YTH (yo‘l transport hodisasi), jismlarning urilishi, uchinchi shaxslarning noqonuniy harakatlari natijasida zararlanishi, nobud bo‘lishi yoki yo‘qotilishidan sug‘urta himoyasini taqdim etadi;