«Alfa Invest» sug‘urta tashkilotining umumiy sug‘urta bo‘yicha bosh direktor o‘rinbosari sug‘urta kompaniyasini tanlashda nimalarga e’tibor qaratish lozimligi haqida gapirib berdi.
Barchamizga ma’lumki, O‘zbekiston muntazam ravishda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirib kelmoqda va kundan kunga mamlakatimiz tadbirkorlikni taraqqiy ettirish hamda aholi uchun moliyaviy va bank xizmatlarini rivojlantirish yo‘lida juda jadal va qat’iy qadamlarni tashlamoqda. Shunga bog‘liq tarzda, sug‘urta xizmatlari ham biznes jarayonlarning ajralmas tarkibiy qismiga aylanmoqda va ist’molchilar hayotiga chuqur singib bormoqda. O‘z navbatida, tadbirkorlar va aholi, xususan avtomobillar uchun sug‘urta polislarini xarid qilish, ipoteka kreditlari doirasida yoki o‘z xodimlarini sug‘urta qilish yuzasidan sug‘urta kompaniyalariga avvalgidan ko‘proq murojaatlar kelmoqda.
Sug‘urta kompaniyasini tanlashda xoto qilib qo‘ymaslik uchun nimalarga e’tibor qaratish lozim? Qanday tavsiyalarga rioya etish zarur? Mana shu va boshqa qator savollarga «Alfa Invest» sug‘urta kompaniyasining umumiy sug‘urta bo‘yicha bosh direktor o‘rinbosari – Husanov Abdulatif javob berdi.
Avtomashinangizni qanday sug‘urta qilish va bunda qaysi sug‘urta kompaniyasini tanlash ustida bosh qotirayotganingizda, shuni yoddan chiqarmangki, o‘zingiz uchun va biznesingiz uchun xavf-xatarlarni kamaytirish hamda ishonchli sug‘urtani tanlashda Sizga yordam beradigan muayyan qoidalar mavjud.
Birinchi navbatda, sug‘urta kompaniyasining yirik va mashhurligiga, ko‘p yillik ish tajribasiga va shuningdek, sifatli xizmatlar ko‘rsata oladigan bilimdon xodimlarga ega ekaniga e’tibor qaratish zarur. Yana muhim ko‘rsatkichlardan biri to‘plangan sug‘urta mukofotlari miqdori hisoblanadi, biroq bunda shuni esdan chiqarmangki, bu ko‘rsatkich mijozlarni qanoat hosil qilishini anglatmaydi va bunda biz kompaniya tomonidan amalga oshiriladigan to‘lovlar, sug‘urta qoplamalariga e’tibor qraatishni tavsiya qilar edik, ayniqsa sizni qiziqtirayotgan sug‘urta turi bo‘yicha. Misol uchun, TVEFJMS polisini tanlashda rasmiy manbalar ma’lumotlaridan foydalanish mumkin, ularni Moliya vazirligi va TVEFJMS bo‘yicha to‘lovlarni kafolatlash jamg‘armasi saytlaridan ko‘rishingiz mumkin.
18 yildan beri xususiy sug‘urta kompaniyalari orasida etakchilar qatorida bo‘lib kelayotgan ALFA INVEST o‘z navbatida, kompaniyaning ochiq manbalarida dolzarb ma’lumotlarni chop etish orqali, o‘z mijozlari bilan mazkur ma’lumotlarni bo‘lishib keladi.
Litsenziyaning mavjudligi va ustav kapitali miqdoriga e’tibor qaratish ham juda muhim ahamiyat kasb etadi.
Eng muhimi arzonning ketidan quvish kerak emas. Bozor narxlaridan bir yarim va ikki marta arzon tariflar asosan kichik kompaniyalar tomonidan taklif etiladi. Shu orqali ular o‘z mijozlari bazasini kengaytirishga harakat qiladilar. Uzoq davom etadigan demping chuqur o‘ylab qilinmagan tariflar siyosatidan darak beradi. Tez orada sug‘urtalovchining resurslari tugab qoladi, zarar miqdori o‘sadi, natijada esa to‘lab berish qobiliyatini yo‘qotish ehtimoli yuzaga keladi. O‘ylaymizki, hech kim bunday kompaniyaning mijozi bo‘lishni istamasa kerak.
Mashhur kompaniyalarni tanlang. Bugungi kunda O‘zbekiston sug‘urta bozorida 30 dan ziyod kompaniya mavjud. Shunday ekan, kompaniya o‘zi haqidagi ma’lumotlarni qay darajada oshkor etishiga e’tibor qaratish juda muhim. Sug‘urtalovchining ochiqligini o‘zi haqidagi (olgan litsenziyalari, menejment) umumiy ma’lumotlarni, moliyaviy ko‘rsatkichlar, shuningdek, turli reytinglardagi ishtiroklari hamda ijtimoiy tarmoqlar va internet maydonlaridagi sahifalarida ma’lumotlarni joylashtirishi orqali ko‘rish mumkin. Shuningdek tanishlarning tavsiyalariga ham quloq tutish, yirik kompaniyalar o‘z qaltisliklarini kimga ishonishiga ham e’tibor qaratish ortiqchalik qilmaydi.
Servisni (xizmat ko‘rsatish) qadrlang. Kompaniya xodimlari sizning cheksiz savollaringizga xushmuomilalik bilan aniq javob berishga majburdirlar. Sug‘urtalovchi ofisida mijozlar uchun juda qulay zona yaratilgan bo‘lishi kerak. Kompaniyada moslashuvchan sug‘urta mahsulotlarining bo‘lishi va u sizga qo‘shimcha xizmatlar, xususan, onlayn sug‘urta, tunu kun ishlaydigan aloqalar markazi hamda muammolarni tezkor hal qilish xizmatlarining taklif etilishi maqbul hisoblanadi.
ALFA INVEST yuqorida sanab o‘tilgan barcha mezonlarga muvofiq kompaniya hisoblanadi va u bu marralarda to‘xtab qolmoqchi emas! Taraqqiyot strategiyasi doirasida biz o‘z oldimizga qator vazifalarni qo‘yganmiz:
– onlayn sug‘urta mahsulotlarining yangi qatorini joriy qilish, onlayn resurslarni yangilash va zamonaviy saytni, chat-bot va mulьtifunktsional tunu kun ishlaydigan aloqalar markazini ishga tushirish. Biz zamonaviy va mobil echimlarni taklif etgan holda, onlayn polislarni rasmiylashtirishni hamda da’volarni hal etish jarayonlarini soddalashtirishga harakat qilmoqdamiz.
Maqsadimiz – biznes hamkorlarga, qarindoshlar va do‘stlarga ishonch bilan tavsiya qilish mumkin bo‘ladigan sug‘urta kompaniyasiga aylanishdir. Mijozlarga oliy toifadagi xizmatlarni ko‘rsatish, innovatsiyalarni joriy etish, jamoa bo‘lib ishlash mahoratiga asoslangan muvaffaqiyat va yutuqlarimiz aktsionerlar uchun foyda keltirishni va xodimlar uchun lavozim zinapoyalaridan ko‘tarilishni kafolatlaydi.
Bizning mijozlarimiz – sug‘urta kompaniyasi biznesining poydevorini tashkil qiladi, chunki aynan ularning sodiqligi kompaniyaning barqaror rivojlanishini ta’minlab beradi. Mijozlarimizning muvaffaqiyati – bizning g‘alabamiz!