Alfa Invest mobillik va raqamlashtirish tushunchasini tanlab, onlayn sug‘urta xizmatlarini ishga tushiradi.

Onlayn sug‘urtaga o‘tish qanday kechmoqda va ALFA INVEST nima uchun raqamlashtirish va mobillik yo‘lini tanladi?

Anderrayting va qayta sug‘urtalash departamenti direktori Renata Gareeva rebrending doirasida kompaniyaning oldida turgan vazifalari haqida hamda onlayn sug‘urtaga o‘tish qay tarzda kechayotgani haqida so‘zlab berdi.

Kompaniya top menejerlari va O‘zbekistonning etakchi kreativ agentligi jamoasi oldida kompaniya brendini hozirgi zamon vizual muhitiga, shu jumladan, raqamli tashuvchilar va onlayn sug‘urta mahsulotlari doirasida mutanosib qiyofaga ega bo‘lishi uchun yanada zamonaviylashtirish vazifasi turar edi.

Biz logotipni yangiladik, o‘qilishini engillashtirdik, ortiqcha tafsilotlardan xalos etdik, zamonaviy uslubdagi shriftlardan foydalandik, ranglar turli-turmanligini boyitdik, ayni vaqtda esa, barchaga mashhur “α” belgisini saqlab qolishga harakat qildik.

Rebrendingni esa kompaniyani raqamlashtirish va onlayn sug‘urta xizmatlarini ishga tushirish bilan bir vaqtda boshlab yubordik, lekin buni bosqichma-bosqich 2021 yil davomida amalga oshirishni rejalashtirganmiz. 

Onlayn sug‘urta mahsulotlarini  joriy etish qanchalar o‘rinli?

Misol uchun Germaniyada aholining har uchtadan bittasi sug‘urta shartnomasini internet orqali tuzadi, Buyuk Britaniyada esa to‘rttadan bittasi. Umuman olganda, Evropa bo‘yicha onlayn sug‘urta xizmatlaridan aholining 40%i foydalanadi. O‘zbekistonda esa sug‘urta kompaniyalari onlayn-savdolarni endi amaliyotga tatbiq qilishga kirishmoqdalar.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan